Vashington Yevropada harbiy kuchlarini oshirish va Rossiya—NATO asosiy aktini buzishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jonni Maykl ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
U AQSh “shaffoflikka sodiq bo‘lishda davom etishi”ni ma’lum qildi.
“AQSh ‘Atlantika jasorati’ operatsiyasi doirasida rotatsiya asosida har to‘qqiz oyda bronetank brigadasini almashtiradi”, — dedi Maykl.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu “Rossiyaning hududdagi tajovuzkor harakatlari fonida AQShning kollektiv xavfsizlikka sodiqligining oshkora ko‘rinishi” hisoblanadi.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov AQShning ikkinchi bronetank brigadasi texnika bilan Polshaga joylashganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)