InsiderPro nashri karyera borasidagi eng mashhur yanglish fikrlarga nisbatan ekspertlar munosabatini keltiradi.
Bu miflar — jamiyat ta’siri natijasi. Ularni qachon va kimdan — bolalikda ota-onangizdan, maktabda sinfdoshlaringizdan, ishda hamkasblaringiz yoki barda do‘stlaringizdan eshitganligingiz muhim emas. Ular ongingizga muhrlanishga ulgurgan. Endi ulardan qutulish juda qiyin.
Ular muvaffaqiyatli bo‘lishingizga xalal beradimi? Katta ehtimol bilan ha. Aynan qaysi yolg‘on maslaklar bunga to‘sqinlik qilmoqda?
Eng yaxshi ekspertlar 10 ta eng mashhur mifni keltiradi.
- Muvaffaqiyatli ko‘ringan odamlar muvaffaqiyat qozongan
Bredli mijozlar bank avtomobillar turargohiga o‘ta qimmat eksklyuziv mashinalarda kirib kelishini ko‘rgan va ularni badavlat deb o‘ylagan. Biroq ularning hisoblari bo‘yicha ma’lumotni ochganda, bir necha marta u yerda ayanchli 100 dollarni ko‘rgan. Aksincha zalga oddiy futbolka va djinsida kirgan yigit haqida ekran kutilmaganda VIP maqomni ko‘rsatgan.
Tez orada Bredli muvaffaqiyatli ko‘ringan odamlar aslida unday emasligi, chunki bor pulini boshqalarni aldashga sarflashini anglab yetdi.
- Omadga erishish uchun dastlab muvaffaqiyatsizlikni boshdan kechirish kerak
Bredli bu borada shunday deydi: “Muvaffaqiyatsizliklarga muhabbat — bu bo‘lmag‘ur gap. Dastlab qora palladan o‘tishni istashini ta’kidlovchi istalgan odam nima deyotganini bilmaydi”.
“Oldinga intilish uchun ta’lim olish sur’atini tezlashtirish va qilayotgan ishingizda bilimlaringizni oshirishingiz kerak”, — deydi Bredli. O‘shanda muvaffaqiyat qozonasiz va keraksiz omadsizliklar oldini olasiz.
- Hamma narsani bilish kerak
To‘g‘ri, ma’lumot — bu kuch, biroq siz hamma narsani bilishingiz shart emas.
Muammo mavhumlikda emas. Ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Haqiqat deb hisoblagan narsalaringizga tanqidiy munosabatda bo‘lsa olsangiz, oxir-oqibatda muvaffaqiyatga erishasiz.
- Hamma ishni bajara olish lozim
“Hamma narsani bilish shart emas, — deydi Paragon BioTeck, Inc. prezidenti va bosh direktori Patrik Uitem. — Hayot menga bergan eng muhim dars shuki, bir narsani yaxshi va chuqur tushunish hamda doim shu yo‘nalishda ishlash lozimligidir. Ha, bu ko‘p narsa emas, lekin bunday yondashuv ancha samaraliroq”.
Hamma narsani bilishga urinmasdan, o‘z sohangiz va haqiqatda kuchli tomonlaringizga e’tibor qarating.
- Hammasini mustaqil bajarish mumkin
Omad uchun jamoa va narsalarga turli tomondan qarash talab etiladi.
“Kompaniyamiz yangi dori vositalari va texnologiyalar uchun litsenziya olishda yuzaga keladigan muammolarni hal qiladi. Bu mijozlarga byurokratik to‘siqlarni tezroq yengish imkonini beradi, — deydi Uitem. — Juda ko‘p narsa atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarga bog‘liq. Boshqa sohalarda kuchli hamkorlarimiz bor, ular yordamida mijozlarimiz muammolarini hal qilamiz. O‘z aloqalaringiz va tajribangizdan foydalaning. Hamma tomon uchun manfaatli bo‘lgan munosabatlarni yarating va rivojlantiring”.
- Ishda eng muhimi — ko‘nikmalarni charxlash
Endryu so‘zlariga ko‘ra, rahbar sifatida siz:
- Barcha xodimlaringizni hurmat qilishingiz kerak. Ularga kibr bilan qaramang va maqomingizga urg‘u bermang. Ularga e’tibor qarating — ular samimiy qiziqishingizni his qilsin.
- Hamfikrlikni o‘rnating. Xodimlaringizni yaqindan biling. Ularning turmush o‘rtog‘i va rafiqalari ismlarini bilib oling. Ularning muammolariga qiziqing. Ularning hayotida ishtirok eting, savollar, masalahatlar bering, ehtiyojlarini hisobga oling.
- Bardoshlilikni rivojlantirish. Noxushliklardan so‘ng qayta tiklanish qobiliyatidan muhimroq ko‘nikma yo‘q.
- Asosiysi — imtiyoz va bonuslar
- Xodimlar va mijozlar fikrlarini nazorat qilish imkonsiz
Endryuga yangi odamlar kelganda u ulardan nima bilan shug‘ullanishini so‘raydi. Ko‘pincha ular: “men oddiy kotibaman, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beraman”, kabi javob beradi.
“Bunday vaziyatda biz xodimlarimizga ‘Buxgalteriya hisobi bilan shug‘ullanaman’ deyish o‘rniga ‘Oilalar, jamiyat va butun dunyoni o‘zgartiruvchi kompaniyani qurishga yordam beraman’ deyishga o‘rgatamiz. Ko‘pchilik xodimlar o‘z ishidan uyaladi va u haqda gapirishni istamaydi. Yaxshi rahbarning vazifasi bunday munosabatni o‘zgartirish”.
- Xatolarni tan olish mumkin emas
Mas’uliyatni zimmangizga olsangiz atrofdagilar sizga ishonish mumkinligini anglaydi.
- Yetakchilikni o‘rganib bo‘lmaydi
Yechim bor — yetakchilik ko‘nikmalarini o‘zlashtirish kerak.
“Yuqoriga chiqish imkoniyati yuzaga kelishini kutmang. Maxsus kurslarga boring, vaqtingiz bo‘lmasa boshqa resurs toping”, — deydi Dennin.
O‘z kuchingizga ishoning va kech bo‘lmasdan, orzuingizdagi karyerani barpo eting.
Izoh (0)