Uzmobile milliy mobil aloqa operatori O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda maxsus ijtimoiy loyiha — yangi “Yoshlar” tarif rejasini taqdim etdi. Bu haqda mobil aloqa operatori axborot xizmati xabar bermoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistondagi barcha yoshlarni Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida birlashtirishdan iborat.
Mazkur tarif rejasining joriy etilishi O‘zbekiston bo‘yicha millionlab yoshlarga bir tarmoqda birlashish, haqiqatdan ham yoshlar uchun sifatli va xamyonbop narxdagi aloqa imkonini beradi. Tarif reja ichida muloqot bepul.
Unga ulanishning yagona sharti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqiga a’zolik bo‘lib hisoblanadi.
“Yoshlar” tarif rejasi abonenti har oy o‘z hisobini besh ming so‘mga to‘ldirib borib, tarmoq ichida bepul muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladi, tarmoq ichida va O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi aloqaning 1 daqiqasi – 25 so‘m, 1 megabayt internet – 25 so‘m, 1 xalqaro SMS– 500 so‘m. Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul.
Izoh (0)