Koreya yarim orolidagi vaziyat keskinlashgan bir paytda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining “Tomagavk” qanotli raketalari bilan qurollangan “Takson” (SSN-770) submarinasi Yapon dengizi akvatoriyasiga kirib keldi. Buni AIS xalqaro avtomatik identifikatsion tizimi ma’lumotlari ko‘rsatmoqda, deb xabar qiladi “Interfaks”.
AQSh Tinch okeani qo‘mondonligiga ko‘ra, “Los-Anjeles” toifasidagi “Takson” suv osti kemasi Janubiy Koreya janubi-sharqidagi Chinxegu shahri portiga kirgan.
Submarinada “Tomagavk”larni uchirishga mo‘ljallangan 12 ta uchirish qurilmasi bor.
Izoh (0)