SpaceX 12-oktabr, payshanba o‘tar kechasi Echostar 105/SES-11 kommunikatsiya sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Falcon 9 raketa-tashuvchisi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirildi. Uning birinchi bosqichi suzuvchi platformagan beshikast qo‘ndi.

Raketa uchirilishi va uning birinchi bosqichi qo‘ndirilishi kompaniya tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda ko‘rsatildi. Boshlovchiga ko‘ra, mazkur muvaffaqiyatli qo‘nish hisob bo‘yicha o‘n sakkizinchisi bo‘ldi.

Yangi sun’iy yo‘ldosh Echostar (AQSh) va SES (Lyuksemburg) operatorlari tomonidan Shimoliy Amerika, Gavayi, Karib mintaqalari va Meksikada televizion signal hamda aloqani ta’minlash uchun foydalaniladi.