Internet tarmog‘ida Yer yuzasi 30 kilometr balandlikdan aks etgan video paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Mirror nashrining xabar berishicha, AQShning Denver shahrida yashovchi erkak stratosfera qatlamiga geliy bilan to‘ldirilgan hamda GoPro kamerasi va GPS-treker mahkamlangan meterologik pufakni uchirgan. 30 kilometr balandlikda konstruksiya bo‘linib ketgan va tasvirga olish yakunlangan.
Meterologik pufaklar odatda ob-havo ma’lumotlarini to‘plash uchun ishlatiladi. Ularga havo bosimi, harorat, namlik va shamol tezligini qayd etuvchi turli qurilmalar mahkamlanadi. Bunday qurilmalar 40 kilometr balandlikkacha uchib borishi mumkin, biroq konstruksiya kuchli havo bosimini ko‘tara olmay havoda qismlarga bo‘linib ketishi mumkin.
Izoh (0)