Rossiyaning KXDRdagi elchixonasi rasmiy Pxenyan Qrimni Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi deb hisoblashini bildirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“KXDR TIVning tushuntirishicha, respublika Qrimda yarim orolning Rossiya Federatsiyasiga kirishi bo‘yicha o‘tkazilgan referendum yakunlarini hurmat qiladi, uning yakunlarini legitim va xalqaro huquq me’yorlariga javob beradigan jarayon deb hisoblaydi”, — deyiladi elchixonaning Facebook’dagi rasmiy sahifasida.
Aytilishicha, KXDRda jahonning yangi siyosiy xaritasi chop etilib, unda Qrim yarim oroli Rossiyaning ranglariga bo‘yaldi. Shu munosabat bilan elchixona KXDR hukumatiga izoh so‘rab murojaat qildi.
2014-yil dekabrida KXDR TIV “TASS”ga bergan izohida Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini “o‘zini oqlaydigan ish” deb hisoblashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)