Nissan GT-R ga joystik ulandi va u 211 km/soat tezlikka erishdi (foto va video)

Gran Turismo poyga simulyatorlarini ishlab chiqaruvchi Polyphony Digital firmasi va Nissan o‘rtasidagi hamkorlikning 20 yilligi munosabati bilan kompaniya noodatiy GT-R avtomobilini yaratdi. Sportkarga Sony PlayStation joystiki ulandi va Silverstoundagi poyga trassasida sinab ko‘rildi. Sinov jarayonida mashina soatiga 211 kilometr tezlikka erishdi. Bu haqda “Motor” xabar qildi.

GT-R /C nomini olgan mashinani GT Academy tanlovi g‘olibi bo‘lgan poygachi Yan Mardenboro boshqardi. Joystikli mashinaning eng tez bosib o‘tilgan aylanasi bir daqiqa-yu 17,47 soniyani tashkil qilgan, bunda u o‘rtacha soatiga 122 klometr tezlkda harakatlangan. Sportkarni masofadan boshqaruvi vertolyot salonidagi ekranda ko‘rinib turgan, Yan ana shu yerdan turib mashinani boshqargan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Sportkarni masofadan nazorat qilish uchun muhandislar unga to‘rtta robotlashtirilgan mexanizm o‘rnatdi. Ular rul boshqaruvi, tormoz, tezlik uzatish qutisi va gaz pedalini nazorat qiladi. Mexanizmlar oltita kompyuter boshqaruvida ishlagan, kompyuterlar soniyasiga 100 tadan signalni simsiz nazoratchidan avtomobilga yuborgan.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing