Ispaniya hukumati hududning mustaqilligini e’lon qilish haqidagi masalani uzil-kesil hal etishi uchun Kataloniyaga besh kun berdi. Bu haqda Ispaniya vaziri Mariano Raxoy ma’lum qildi, deb yozadi El Mundo nashriga tayanib, “Gazeta.ru”.
Bosh vazirning so‘zlariga qaraganda, 16-oktabr, dushanba kuni soat 10:00 da Kataloniya hukumati prezidenti Karles Puchdemon Kataloniya mustaqilligi e’lon qilingan-qilinmaganligiga aniqlik kiritishi lozim.
Avvalroq Raxoy Kataloniya rasmiylaridan Kataloniya mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi nimani anglatishiga aniqlik kiritishni talab qilgan edi.
Ushbu savolga javob Ispaniya vazirlar mahkamasiga hududning avtonomiyasini to‘xtatuvchi konstitutsiyaning 155-moddasini faollashtirish uchun zarurligi ta’kidlandi.
Izoh (0)