Yaponiyaning Okinava orolida AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli CH-53 Sea Stallion vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Nippon News Network agentligiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar qildi.
Yaponiya favqulodda xizmatlari qulagandan so‘ng vertolyot olov olganini xabar qilmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Stripes nashriga ko‘ra, vertolyot AQSh harbiylari joylashgan hududga yaqin yerdaga o‘quv zonasida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.
Vertolyot ekipajiga ziyon yetmadi. Shuningdek, mahalliy aholi vakillari orasida zarar ko‘rganlar yo‘q.
Izoh (0)