AQSh provokatsiyalari, prezident Donald Trampning BMT Bosh Assambleyasidagi bayonotlari, KXDRni yo‘q qilishga chaqiriqlari javobsiz qolmaydi. KXDR xalqi va armiyasi AQShdan o‘ch olishni talab qilmoqda. Bu haqda Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo Pxenyanda “TASS” delegatsiyasi bilan o‘tkazgan uchrashuvida bayonot berdi.
“Kim Chen In aytdiki, hech kim bilmaydigan, bitmas-tuganmas kuchga ega strategik qo‘shinlarimiz AQShni, tajovuzkor davlatni jazosiz qoldirmaydi. Endi AQShning javob beradigan payti keldi, armiyamiz, xalqimiz amerikaliklar bilan so‘z bilan emas, olov yomg‘iri yordamida hisob-kitob qilish payti kelganini aytmoqda”, — dedi vazir.
“TASS”ning direktor Sergey Mixaylov boshchiligidagi delegatsiyasi KXDRda Koreya markaziy telegraf agentligi taklifiga binoan bo‘lib turibdi.
Izoh (0)