Tanzaniyada avtobusning Viktoriya ko‘liga qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mahalliy politsiya rahbari Ahmad Msangiga ko‘ra, avtobus Mvanza shahri tomon suzib ketayotgan paromdan tushib ketgan.
Hodisada yana ikki yo‘lovchi bedarak yo‘qoldi, qutqaruvchilar hozirda ularni qidirmoqda.
Tanzaniya prezidenti Jon Magufuli mintaqaviy komissar Jon Mongella va halok bo‘lgan avtobus yo‘lovchilari oilalariga hamdardlik yo‘lladi.