Suriya hukumat qo‘shinlari va ittifoqchi kuchlar Damashq viloyatining Iordaniya bilan chegaradosh hududlarini IShID terrorchilik tashkiloti jangarilaridan to‘liq ozod qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
SANA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat armiyasi sakkiz ming kvadrat kilometrdan ziyod hududni IShIDdan ozod qilib, Iordaniya bilan chegara yoqasidagi qolgan barcha tepalik va hududlar ustidan nazorat o‘rnatdi.
Suriya armiyasi o‘tgan hafta Xoms viloyati sharqidagi harbiy operatsiyani yakuniga yetkazgan edi. Operatsiya natijasida 1,8 ming kvadrat kilometrdan ziyod hudud, xususan, o‘nlab qishloq va aholi manzilgohlari IShIDdan ozod etildi.