Internetda Xitoyda ishlab chiqarilayotgan OnePlus 5T smartfonining fotosuratlari e’lon qilindi. Gadjet Samsung’ning S8 flagmanini eslatib yuboradi, deyiladi “Korrespondent.net” materialida.
Yangi gadjet 6 dyuymli ekranga va minimal hoshiyaga ega bo‘ladi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ekran yechimi 2160x1080 ni, tomonlar mutanosibligi 18:9 ni tashkil etadi.
Uskunaning asosiy jihati uning dizaynidir: u minimal hoshiya va qabariq chetlarni nazarda tutadi.
Insayderlar smartfonning texnik tavsifi juda yuqori bo‘lishini xabar qilmoqda. Jumladan, protsessor — Qualcomm Snapdragon 835, operativ xotira — 6 GB, operatsion tizim — Android 7.1.1.
Izoh (0)