Germaniya Turkiya bilan munosabatlarini yaxshilashi uchun Anqara uning fuqarolarini mahbuslikdan ozod etishi talab qilinadi. Bu haqda Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida GFR tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Keyingi oylarda munosabatlarni yaxshilash imkoniyati tug‘iladimi, bu jiddiy masala. Ammo dastlabki shart mahbusdagi fuqarolarimizni ozod qilishdir”, — ta’kidladi diplomat.
Turkiyada bir qator Germaniya fuqarolari hibsga olinganidan so‘ng ikki mamlakatning munosabatlari yomonlashdi. O‘tgan hafta Turkiya hukumati iyul oyida ushlangan germaniyalik huquq himoyachisi Peter Shtoydtnerga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qildi. U terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Shtoydtner 15 yilgacha qamoq jazosini olishi mumkin.
Izoh (0)