O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 9-dekabr kuni amerikalik Stiven Ortizga qarshi ringga chiqadi, deb yozdi “Olamsport”.
G‘oibnazarov professional boksdagi dastlabki ikki jangida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgandi. Uning 24 yoshli navbatdagi raqibi esa 7 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba nashidasini surgan. 2 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.
Stiven Ortiz so‘nggi bor 24-iyun kuni ringga chiqqan bo‘lib, Tayrom Jonsni ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub etgandi. Uning o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga qarshi jangi Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida o‘tadi. Boks kechasining markaziy jangida ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko ringga ko‘tariladi.
9-dekabr kuni Fazliddin G‘oibnazarov rossiyalik 35 yoshli Andrey Klimov bilan jang o‘tkazishi kerak edi. Biroq sportchi bu jangdan voz kechgandi.
Izoh (0)