Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning 7—11-oktabr kunlari Saudiya Arabistonining Makka shahrida 24-Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi o‘tkaziladi. O‘zbekiston vakillari bo‘lgan Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydulloh qori Tohirov va “Ko‘kaldosh” o‘rta-maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov mazkur musobaqada ishtirok etish uchun 2-oktabrda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Ushbu musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan 200 ga yaqin qori ishtirok etadi. Musobaqa shartlari quyidagilardan iborat:

1. Qur’on karimni tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qib berishi bilan birga, Qur’oni karimdagi oyati karimalarning tafsirini bilish.2. Qur’on karimning 30-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.3. Qur’on karimning 15-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.4. Qur’on karimning 5-porasini tajvid qoidasi bilan yoddan o‘qib berish.

O‘zbekiston vakillari musobaqaning 2 va 3-shartlari bo‘yicha ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda