Professional boksdagi dastlabki ikki jangida raqiblarini mag‘lub etgan o‘zbekistonlik Fazliddin G‘oibnazarov, 9-dekabr kuni hisob bo‘yicha uchinchi jangda ringga chiqishi kerak edi.
“Olamsport” nashrining ma’lumot berishicha, uning bu boradagi raqibi Andrey Klimov jang o‘tkazishdan bosh tortgan. Rossiyalik 35 yoshli sportchi va uning promouterlari buning sabablarini ochiqlamagan.
Hamma bokschilar ham Olimpiada chempioni bilan jangga rozi bo‘lavermaydi. Mag‘lubiyatdan qo‘rqishadi, shekilli.Ma’lumotga ko‘ra, Andrey Klimov o‘zining so‘nggi uch jangida imkoniyatni boy bergandi.Reytingda yuqori o‘rinlarni egallab turgan bokschilarda shunday, ular mag‘lubiyat sabab reytingda pastlab ketishni istashmaydi. Yoki katta pul evaziga jangga rozilik beradi, hech bo‘lmaganda moliyaviy holatini yaxshilab olmoqchi bo‘ladi.
Shu bois raqiblar bilan kelishish biz mijozi bo‘lgan Bob Arum boshchiligidagi Top Rank kompaniyasiga qiyin bo‘lyapti. Biz har qanday holatda ham 9-dekabr kuni jang o‘tkazamiz. Yangi raqib nomi tez kunlarda aniq bo‘ladi.
Izoh (0)