Mirobod tuman sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan sud eshituvlari doirasida mushtlashuvning yana ikki guvoh ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
5-oktabr kuni voqea haqida sudga Hurmat Hayitboyev va Muhammad Po‘latov (O‘lmas) hikoya qilib berdi. Birinchi bo‘lib kollejni bitirib bo‘lgan Hurmat Hayitboyev gapirdi. Uning so‘zlariga qaraganda, 2-kurs o‘quvchilari ulardan Islom va Jasur o‘rtasidagi ixtilofni bartaraf etishni so‘ragan.
“Do‘stim Temur To‘xtayev bilan oshxonaga bordik. Bizga 2-kursdan Temur Bayazitov yaqinlashdi. U ikki bola munosabatlariga oydinlik kiritib olmoqchi ekanligini aytib, bizdan ixtilofni bartaraf etishni so‘radi. Boshida rad javobini berdim. Lekin u iltimos qila boshladi. So‘ng biz rozi bo‘ldik va ko‘chaga chiqdik”, — dedi Hurmat.
Guvohning uqtirishicha, yigitlar maktab tomonga ketayotganida barcha ularni qaytarmoqchi bo‘lgan, lekin Jasur fikridan qaytmagan. Garajlar ortiga o‘tib, Islom va Jasur darrov bir-biriga tashlangan va yerga yiqilgan. Hurmat ularni ajratgan. Keyin ular Jasurning turishiga yordam bergan, ust-boshini qoqqan, suv olib kelgan va taksiga o‘tqazib yuborgan. Ikki guvoh ham marhum yaxshi ahvolda bo‘lganini, voqea joyidan o‘z oyog‘ida ketganini tasdiqladi.
“Biz unga tramvatologiyaga borishni taklif qildik, lekin u bosh tortdi. Ahvoli yaxshiligini, uyga borib biroz uxlashini aytdi”, — dedi Hurmat Hayitboyev.
Ikkinchi guvoh Muhammad Po‘latov (O‘lmas) ham deyarli shunaqa ko‘rsatmalar berdi. Ta’kidlanishicha, guvohlar bir xil iboralarni ishlatgani yaqqol sezildi — “ixtilofni bartaraf etishga yordam berish”, “Islomning peshonasi yorilgan, qo‘li lat yegan edi”, “Jasur Islomga tashlandi, Islom qo‘li va oyog‘ini oldinga cho‘zdi”. Sudya, davlat ayblovchisi va advokatlar aniqlashtiruvchi savollar bera boshlaganda edi guvohlar chalkasha boshladi. Ular asabiylashib, til bilmasligini (ko‘rsatmalar rus tilida berildi, ular o‘zbek tilida fikrlarini tushuntira olmasligini iddao qildi) va xotira yomonligini ro‘kach qilar edi.
Davlat ayblovchisi tomonidan mushtlashuvning sabablari haqida aniqlashtiruvchi savol berildi. Ikki guvoh ham singlisiga go‘yoki Jasur tegajog‘liq qilgan kursdoshlari Dilshod haqida gapirdi. Ammo qizning ismi nima, u qayerlik, qayerda yashaydi, qayerda o‘qiydi, hech qaysi ayta olmadi.
“Tibbiyot kolleji talabalari oddiy terminologiyada adashayotgani g‘alati edi — Hurmat Jasurning zarbasidan so‘ng Islombekning peshonasida g‘urra ko‘rgan edi, ammo bu g‘urra ertasiga yo‘qolib qolgan. O‘lmas esa do‘stining yuzida shish ko‘rganini aytdi. Ismailova yollagan advokatning Islom orqasidan Jasur yugurib kelayotganini qanday bilgani haqidagi savoliga javoban O‘lmas bu narsani eslay olmasligini aytdi. Ammo sudlanuvchining sud zalida bo‘lgan onasi o‘g‘lining do‘stiga buni eslatib qo‘yishga qaror qildi. Islom To‘laganovning onasi gapga aralashgani uchun sudya Matchonov uni ogohlantirdi. Sudyaning so‘zlariga qaraganda, bundan keyin bu kabi harakatlar uchun u sud zalidan chiqarib yuboriladi”, — deyiladi materialda.
Izoh (0)