“O‘zbekiston pochtasi” AJ xorijga jo‘natiladigan posilkalarning og‘irligini 30 kilogrammgacha qilib belgiladi. Bunga qadar me’yor 20 kilogramm edi. Tegishli bayonot tashkilot saytida e’lon qilindi.
“‘O‘zbekiston pochtasi’ AJ 1994-yildan boshlab Butunjahon pochta ittifoqining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi, shunga asosan barcha davlatlar bilan xalqaro pochta alamashinuvlarini amalga oshirib keladi”, — deyiladi xabarnomada.
Ma’lumki, shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kilogrammgacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi. Endi esa mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 30 kilogrammgacha oshirildi. Mijozlar joriy yilning 5-oktabridan boshlab 30 kilogrammgacha bo‘lgan xalqaro posilkalar yuborish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)