Turkiya Suriyaning Afrin mintaqasida kurdlarning YPG mudofaa kuchlariga qarshi operatsiyani boshlashga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Turkiya prezidentining matbuot kotibi Ibrohim Qalin bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Anqara YPG harakatini Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘liq terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Oxirgi oylarda matbuot Turkiya harbiy texnikasi Afrin chegarasiga olib kelinayotgani haqida bir necha marta xabar qildi.
“Biz Afrindagi vaziyatga aralashishimiz mumkin, zarur bo‘lganda, transchegaraviy operatsiyaga barcha tayyorgarlik ishlari yakunlandi”, — dedi Qalin TRT telekanali efiradi.
Qalin milliy xavfsizlikka tahdid uyg‘onishi bilan operatsiya boshlanishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)