Toshkentda “Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston muzeylarining yutuq va kamchiliklari, muammolari muhokama qilindi.
Muzeylardagi dolzarb muammolar orasida katologizatsiya jaryonlarining murakkabligi, eksponatlarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha mutaxassislar yetishmasligi kabi holatlar mavjud ekani ta’kidlandi.
Jumladan, Xorazm viloyati Ichan-qal’a muzeyida ta’mirlash ustaxonalarini ochish zarur, muzey binolarining aksariyati, ayniqsa, iqlim talab etuvchi eksponatlarni saqlash uchun talabga javob bermaydi.
Muzeylarda nafaqat xorij tajribasini o‘rganish, balki O‘zbekiston muzeylarida mahorat darslarini tashkil qilib, tajriba almashinuvni yo‘lga qo‘yish taklifi bir ovozdan ma’qullandi.
“Muzeydagi haroratni muvozanatda saqlovchi asbob – elektron psixometrni yetkazib berish, muzeylarga taaluqli yig‘ilishlarda hududiy hokimlik mas’ul xodimlarining ishtirokini ta’minlash takliflari berildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)