O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev og‘ir ahvolda shifoxonada hayot bilan kurashmoqda. Bu haqda aktyorning qizi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Aktrisa otasining shifoxonaga yotqizilgani haqida 30-sentabr kuni yozgan.
Dadam hozirda shifoxonada hayot bilan kurashayapti. Ular hali xalqimiz uchun ko‘p yashashlari, ko‘p ijod qilishlari kerak. Orzularidagi “Bahor qaytmaydi 2” , “Alimardon To‘rayevning qaytishi” filmlarini suratga olishni nihoyasiga yetkazishlari kerak. O‘sha filmlarni katta sahnada premyera qilib, Siz aziz muxlislar bilan diydor ko‘rishishlari kerak.Lutfulla Sa’dullayev bundan avval ham infarkt tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. O‘shanda u qizi Muqaddas Sa’dullayevaning “Bebahoginam” filmidagi obrazi achchiq taqdiridan kuyunib, og‘ir ahvolga tushib qolgan edi.Muqaddas Sa’dullayeva, aktrisa
Izoh (0)