Eronda mamlakat yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro muzokaralarda ishtirok etgan delegatsiya vakili besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda, Tasnim agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Qamalgan amaldorning ismi keltirilmayapti. O‘tgan yili Eron delegatsiyasining ikki fuqarolikka ega a’zosi mamlakat dushmanlariga muhim iqtisodiy axborotni yetkazganlikda ayblanib ushlangan edi. Matbuot gap shu odam haqida ketayotganini taxmin qilmoqda.
2015-yil iyulida Eron AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ishtirokidagi oltilik davlatlari bilan muzokaralar olib borib, yadroviy dastur bo‘yicha keng qamrovli kelishuv imzolagan edi.
Izoh (0)