Statistika olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Squawka nashri Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining umumiy statistikasini taqdim etishga qaror qildi.
1985-yilning 5 fevral sanasida dunyoga kelgan Krishtianu Ronaldu klublar va Portugaliya terma jamoasida jami 869 ta o‘yinda maydonga tushib, 612 ta gol urgan. Bu o‘rtacha 0,7 ni tashkil qiladi. Krishtianu, shuningdek, 200 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Lionel Messi esa 1987-yil, 24-iyun kuni tug‘ilgan. Ya’ni, raqibidan 2 yosh kichik. Shu kungacha u Argentina termasi va “Barselona” safida 714 ta o‘yinda ishtirok etib, 579 ta gol urgan. Bu o‘rtacha 0,8 ni tashkil qiladi. Ya’ni, Ronaldunikidan birozgina ko‘proq.
Messi sheriklariga golli uzatma berish bobida ham ustunroq. Futbolchi shu kungacha 233 ta golga assistentlik qilgan.
Izoh (0)