Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 23-tur bellashuvlariga to‘la yakun yasaldi. Uning so‘nggi uchrashuvi Namanganda bo‘lib o‘tdi.
Oliy Liga. “Lokomotiv” Toshkent derbisida zafar quchdi. Bugun yana 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi
Vadim Abramov “Neftchi” bilan ilk bor zafar quchdi. Qosimov va Hasanov jamoalari 4 tadan gol urdi
“Navbahor” 2017-yilgi mavsum hisobidan o‘z maydonida mag‘lub bo‘lmagan Oliy Liganing yagona vakili bo‘lib turgandi. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda ham bu an’ana davom etdi. G‘alaba Namangan futbol klubini turnir jadvalida 7-o‘ringa olib chiqdi.
“Championat.asia” nashrining oydinlik kiritishicha, “Navbahor” so‘nggi bor “Paxtakor” ustidan 2011-yilda zafar quchgandi. Shundan so‘ng tomonlar 11 bor to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘yinlarning 10 tasida Toshkent grandining qo‘li baland kelgan va faqatgina 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgandi.
23-turdan keyin Mirjalol Qosimov va Shota Arveladze jamoalarining imkoniyatlari tenglashdi. Ular bir xilda ochko to‘plagan, to‘plar orasidagi farqda ham tenglik bor.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 23-tur bellashuvi 1-oktabr, yakshanba
Izoh (0)