“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ UzGPS transport vositalarini monitoring qilish milliy tizimi bilan hamkorlikda temir yo‘l transporti monitoringi va boshqaruvining geoaxborot tizimini ishga tushirdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Eng zamonaviy sun’iy yo‘ldosh monitoringi texnologiyalari yo‘lovchilarning maksimal qulayligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Sun’iy yo‘ldosh monitoringi texnologiyalari poyezdlar harakatini nazorat qilishni avtomatizatsiya qilish yo‘li bilan avariya holatlarining oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati oshiriladi.
Tizim sostavning lokatsiyasini real vaqt rejimida bilib turish imkonini beradi.
“Sun’iy yo‘ldosh monitoringi tizimi ‘Xavfsiz shahar’ loyihasining elementlaridan biriga aylanishi mumkin”, — deyiladi kompaniya xabarnomasida.
Izoh (0)