Vyetnamning neft bilan shug‘ullanuvchi PetroVietnam davlat kompaniyasi sobiq rahbari Nguyen Suan Shon davlat mulkini o‘zlashtirgani uchun Xanoy sudi tomonidan o‘lim jazosiga hukm etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Sud Nguyen Suan Shonga uch ayblov qo‘ydi: iqtisodiyot boshqaruvidagi davlat me’yoriy aktlarini qasddan buzish, buning ortidan budjet mablag‘larining yo‘qotilishi, xizmat mansabidan boylik orttirish uchun foydalanish va katta miqdorda davlat mulkini o‘zlashtirish.
Dastlabki ikki ayblov bo‘yicha sudlanuvchi 17 yillik va umrbodlik qamoq jazolariga hukm etildi. Uchinchi ayblov bo‘yicha esa unga o‘lim jazosi belgilandi. Uch hukm bo‘yicha umumiy jazo sifatida sud qatlni tanladi.
Izoh (0)