Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Ma’lum bo‘lishicha, hatto deraza yuvish, gilamchalarni qoqish yoki oynani tish pastasidan tozalashni ham noto‘g‘ri bajarishimiz mumkin ekan.

Foto: “Passion.ru”

Foto: “Passion.ru”

Qlean kompaniyasining eksperti uy tozalashda qanday qilib xatolarga yo‘l qo‘ymaslik haqida aytib beradi.

Siz oynani ho‘l latta bilan artasiz

Oynani ho‘l latta bilan artishda siz uning yuzasidagi changlarni chaplashtirib yuborasiz, keyin esa ularni yig‘ishga o‘rinasiz. Avvaliga oyna yuzasini quruq latta bilan artishga va changlarni yig‘ishga, keyin esa barmoq izlarini, qurigan suv tomchilari yoki tish pasta izlarini artishga harakat qiling.

Siz yumshoq mebellarni changyutkich yordamida tozalamaysiz

Yumshoq mebellar ustida kitob javoni raflaridagidan kam chang yig‘ilmaydi. Shuning uchun xonalarni har bir yig‘ishtirishda yumshoq mebellar ustidagi changlarni ham changyutkich bilan tozalashni unutmang, divan ustidagi yostiqchalarning jildlarini esa muntazam ravishda yuvib turing.

Siz derazalarni quyoshli kunlarda yuvasiz

Quyosh ta’sirida har qanday yuvish vositalari ham juda tez qurib qoladi, natijada oynada izlar qoladi. Albatta, ularni quruq latta yoki qog‘oz bilan ketkazish mumkin, lekin bunga vaqt sarflashning nima keragi bor? Yaxshisi bulutli havoni kuting.

Siz silliqlovchi vositani mebel ustiga sepasiz

Agar siz bu vositani mebel ustiga sepsangiz u yopishqoq bo‘lib qoladi. Shuning uchun uni lattaga seping va mebellarni arting.

Siz tozalash uchun lattalarni tez-tez almashtirmaysiz

Bu noto‘g‘ri. Oshxonadagi stol artadigan lattada va idish yuvadigan gubkada juda ko‘p bakteriyalar, oynalar va kitob javonlarini artadigan quruq lattalarda esa kir qoldiqlari yig‘iladi. Natijada xonalar toza bo‘lishning o‘rniga uyingizda antisanitariya holati yuzaga keladi. Lattalarni tez-tez almashtiring — masalan, bir haftada bir marta, va uyni tozalash osonroq bo‘ladi.

Siz shoshilasiz

Agar bironta yuvish vositasiga “Surish va 10 daqiqa qoldirish kerak” deb yozilgan bo‘lsa, bu tavsiyaga rioya qiling. Kimyoviy vositaga o‘zining ishini yaxshilab amalga oshirishga va kirlarni tozalashga imkon bering.

Siz gilamchalarni balkondan turib qoqasiz

Birinchidan, hamma changlar o‘zingizning balkoningizga qaytib kelib qo‘nadi. Ikkinchidan, qo‘shnilaringiz sizning bu ishingizdan norozi bo‘lishadi.

Manba: “Xitrosti jizni”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi