Sentabr oyi o‘rtasida Atlantika okeanida shakllangan “Li” tropik po‘rtanasi uchinchi kategoriya to‘foniga aylandi. Bu haqda AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Li” 2017-yildagi beshinchi yirik to‘fonga aylandi.
Aytilishicha, hozir to‘fon soatiga 11 kilometr tezlik bilan shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Sinoptiklarga ko‘ra, shamolning maksimal tezligi 185 kilometr/soatni tashkil etmoqda.
Izoh (0)