Apple korporatsiyasi yangi iPhone X smartfonlarini yetkazib berishda muammoga duch kelishi mumkin. Ushbu gadjet uchun komponentlar ishlab chiqarishda muammolar yuzaga keldi. Gap birinchi galda yuzni skanerlasho‘ datchigi uchun zarur komponentlar haqida ketmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yuz tanish tizimining ikki bir-biriga bog‘liq butlovchi qismi mavjud bo‘lib, ular yangi smartfonlarda blokdan chiqarish uchun ishlatiladi. Gazetaga ko‘ra, shu komponentlardan birini yig‘ishga Apple mo‘ljallaganidan ko‘ra ko‘proq vaqt ketar ekan. Shu munosabat bilan kompaniya yangi smartfonlarni yetkazishda muammoga uchrashi mumkin. Gadjet do‘konlarga shu yil noyabrida keltirilishi kutilmoqda.
Sanford C. Bernstein & Co tahliliy kompaniyasi eksperti Toni Sakkonagining so‘zlariga qaraganda, bunday vaziyat korporatsiya uchun salbiy moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
“Agar iPhone X yetkazishdagi muammolar 15-noyabrdan Yangi Yil bayramiga qadar saqlanadigan bo‘lsa, bu iPhone’ning hafsalasi pir bo‘lgan foydalanuvchilari bozordagi boshqa takliflarni ko‘rib chiqishiga olib kelishi mumkin”, — dedi u.
Apple vakillari vaziyatga izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)