Shimoliy Koreya hukumati mansabdorlari AQSh prezidenti Donald Trampning KXDRga nisbatan bayonotlarini tushunish uchun Vashingtondagi respublikachilarga aloqador tahlilchilar bilan muloqot o‘rnatishga urinmoqda. Bu haqda The Washington Post’ning vaziyat bilan tanish manbalari ma’lum qilgan, deb yozadi “RBK”.
Nashr manbasining ma’lum qilishicha, Pxenyan AQShning respublikachilar partiyasi bilan aloqalari bo‘lgan Osiyo bo‘yicha ekspertlarni topishga uringan. “Ularning birinchi raqamli tashvishi — bu Tramp. Ular Trampni tushuna olmayapti”, — deydi The Washington Post manbasi.
Shimoliy koreyalik vositachilar Ronald Reygan va Jorj Bush davrida Milliy xavfsizlik kengashida Osiyo bo‘yicha ekspert bo‘lgan Duglas Paal bilan bog‘langan. Hozir u xalqaro tinchlik uchun Karnegi fondida tadqiqotlar bo‘yicha vitse-prezident. Gazetaning ma’lum qilishicha, KXDR Paal Shimoliy koreyalik mansabdorlar va amerikalik ekspertlarning neytral hudud Shveysariyada muzokaralarini tashkil etishini istagan. Paal bu bilan shug‘ullanishdan bosh tortgan.
26-sentabr, seshanba kuni Donald Tramp AQSh KXDRga qarshi harbiy kuch ishlatishga “to‘liq tayyor” ekanligini ma’lum qildi.
25-sentabr, dushanba kuni Shimoliy Koreya TIV rahbari Li Yon Xo respublika KXDR havo hududida bo‘lmasa ham AQSh bombardimonchi samolyotlarini urib tushirish huquqiga ega ekanligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)