AQSh prezidentining rafiqasi Melaniya Tramp Vashington maktablaridan birining o‘quvchilari bilan jamoat tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida barcha ishtirokchilar Oq uyning bog‘ida sabzavot ko‘chatlari o‘tqazdi va u yerda hosil yig‘di. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Melaniya Tramp mashur modelyerlarning hashamdor ko‘ylaklaridan voz kechib, har kunlik odatiy kiyimda ishchi qo‘lqoplar va kurakcha bilan qurollangan holda Oq uy bog‘idagi maktab o‘quvchilari qatoriga qo‘shildi.
Oq uy tomonidan qayd etilishicha, karam, no‘xot, rediska, ismaloq va boshqa ekinlar o‘tqazilgan. Bundan tashqari, hamma birgalikda pishgan hosilni ham yig‘gan. Bog‘ga tashrif buyurganlarning barchasiga ketish oldidan sovg‘a sifatida kichkina bankada asal berilgan.
Oq uy hududidagi oshxona bog‘i deb ataluvchi bog‘ni sobiq prezident Barak Obamaning rafiqasi Mishel 2009-yilda ochgan. Gullar bilan birga sabzavot va mevalarning bir necha turi o‘suvchi bog‘ning hududi 260 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bog‘ va kichik poliz bolalarning semirishiga qarshi kurash dasturi doirasida o‘ylab topilgan.
Izoh (0)