Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida oilaviy janjal ayanchli yakun topdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB ma’lum qildi.
“Ohangaron tumanida 6-sentabr kuni 1988-yilda tug‘ilgan Og‘abek To‘lqinov oilaviy kelishmovchilik oqibatida o‘zaro janjallashib xotini, 1992-yilda tug‘ilgan Ra’no Ulug‘bekovani qo‘l va oyoqlari bilan urib, do‘pposlab unga tan jarohati yetkazgan”, — deyiladi xabarnomada.
Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib kasalxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, u 7-sentabr kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Og‘abek To‘lqinovga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)