London shahri ma’muriyatini Uber taksi chaqirish dasturi litsenziyasini qaytarishga chaqiruvchi petitsiyani 500 mingdan ortiq odam imzoladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Ilgariroq shahar rahbariyati Uber’ning odam tashish uchun litsenziyasini uzaytirmaslikka qaror qilgan edi.
Shahar rahbariyati Uber avtomobil chaqirish operatoriga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi deb topdi. Bayonotda aytilishicha, kompaniya jinoyatchilik haqida xabar qilish kerak bo‘lgan vaziyatlarda o‘zini yomon tomondan ko‘rsatgan, shuningdek, tibbiy sertifikatlarni rasmiylashtirishda shaffof siyosat yuritmagan.
“London ma’muriyatining Uber litsenziyasini uzaytirmaslik qarori 40 mingdan ortiq professional haydovchi ishsiz, millionlab londonliklar esa qulay va arzon transport turisiz qolishiga olib keladi”, — deyiladi “Change.org” saytida ochilgan petitsiyada.
Petitsiya bir sutkadan kamroq vaqt ichida 500 ming imzo to‘pladi.
Petitsiyani Uber kompaniyasining London bo‘linmasi joylashtirdi. U, shuningdek, dastur foydalanuvchilariga murojaatni imzolash iltimosi aks etgan xatlar yo‘lladi.
Izoh (0)