Belizdagi Leonardo Di Kaprioga tegishli Blackadore Caye orolida barpo etiladigan shu nomdagi kurort loyihasining dastlabki suratlari namoyish etildi. Kurort qisman 2018-yildan ishlashni boshlaydi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar qilinishicha, kurort 68 ta villa va 48 ta xususiy uyni o‘z ichiga oladi. Bunda har bir obyektning narxi besh milliondan o‘n besh million dollargacha bo‘ladi.
Loyiha haqidagi rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, kurort to‘laligicha qayta tiklanadigan energiya manbasida faoliyat ko‘rsatadi. Atrof-muhitga zararni kamaytirish uchun uning yaratuvchlariga 12 yil kerak bo‘ldi.
Kurortda olib borilgan ish davomida mangr o‘rmonlari yaratilgan, suv ostida esa sun’iy riflar paydo bo‘lgan. Mazkur riflar suvosti jonzotlarining hayotini jonlantirishga imkon beradi.
Izoh (0)