Turkiya politsiyasi Istanbul sudi oldida ro‘y bergan otishmadan so‘ng yigirmaga yaqin odamni hibsga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Sudda qotillik ishi ko‘rib chiqilayotgan paytda ikki raqobatchi jinoiy guruh tarafdorlari bir-biriga qarata o‘t ochdi. Bir kishi yaralandi. U shifoxonaga yotqizildi.
Shuningdek, bir bola shifoxonada yotibdi, ammo u yaralanmagan, balki shokka tushgani taxmin qilinmoqda.
Sud binosi oldiga politsiya naryadlari olib kelindi, havodan ularni vertolyot qo‘llab-quvvatlab turibdi.
Izoh (0)