Ashxobod—2017 musobaqasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston futzal termasi o‘zining uchinchi o‘yiniga kelib, ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari Afg‘onistonga qarshi zalga chiqib, 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mazkur natija afg‘onistonlik futzalchilarni guruh peshqadamiga aylantirdi.
Bungacha O‘zbekiston BAAni 5:1, Maldivni 9:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, Afg‘oniston Xitoy va Maldivdan bir xil hisoblarda ustun kelgandi — 6:1.
Ashxobod—2017 Guruh bosqichi. 2-tur 18-sentabr, dushanba
Izoh (0)