Turkmaniston poytaxida davom etayotgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 3-o‘ringa ko‘tarildi.
O‘zbekistonlik sportchilarga 20-sentabr kuni 4 ta oltin olish nasib qildi. O‘z vazn toifalarida Sherzod Rahimov, Obidali Mavlonov, Xusniddin Ro‘ziyev va Rahimaxon Yo‘ldosheva barcha polvonlarni mag‘lub etib, O‘zbekiston delegatsiyasining oltinlarini 7 taga yetkazib qo‘yishdi.
Umumjamoa hisobida 53 ta oltini bor mezbon Turkmaniston peshqadam bo‘lib turibdi. Eron termasining oltinlari 10 taga yetgan bo‘lsa, O‘zbekiston va Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 7 tadan.
O‘zbekiston raqibi Qozog‘istondan 27 ta ko‘proq medal jamg‘argan: 7 ta oltin, 16 ta kumush va 34 ta bronza.
Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida O‘zbekiston termasi umumjamoa hisobida Turkiya, Ozarbayjon va Erondan keyin to‘rtinchi bo‘lgandi.
Izoh (0)