BMT Xavfsizlik kengashi terrorchilarning Yaqin Sharqdagi mag‘lubiyatidan so‘ng IShIDning Osiyo va dunyoning boshqa hududlariga ko‘chishini real tahdid deb hisoblaydi. Bu haqda BMTning terrorizmga qarshi kurashish byurosi rahbari, BMT bosh kotibi o‘rinbosari Vladimir Voronkov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Bunday tahdid mavjud. Xavfsizlik kengashi terrorchilar Iroqda mag‘lub bo‘layotganligi tufayli ularning chegaralar orqali harakati boshlanganligini ta’kidlagan edi. Ular turli hududlarga ko‘chmoqda. Buning oldini olish BMT aksilterrorchilik yo‘nalishidagi asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda”, — deydi Voronkov.
BMTning yaqinda tashkil etilgan aksilterrorchilik boshqarmasi rahbari tashkilot terrorizmga qarshi kurashning xalqaro harakatlarini muvofiqlashtirish bilan faol shug‘ullanayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)