Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasidan ketgach, uni Bahodir Ahmedov qabul qilib olgandi. Uning boshqaruvida o‘zbekistonliklar Ashxoboddagi Osiyo O‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi.
Ilk turda O‘zbekiston termasiga BAA raqib bo‘ldi. Uchrashuv Amirlik futzalchilarining yirik mag‘lubiyati bilan yakuniga yetdi — 1:5. Bunga qadar BAA Maldiv ustidan 3:1 hisobida g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘lgandi.
Bugun — 19-sentabr kuni O‘zbekiston termasi Maldivga qarshi zalga chiqadi. BAA esa Xitoyga raqobatchi bo‘ladi.
Ashxobod—2017 Guruh bosqichi. 1-tur 18-sentabr, dushanba
O‘zbekiston — BAA 5:1
Gollar: Artur Yunusov, 10 (1:0). Davron Choriyev, 13 (2:0). Ash-Shamsiy, 19 (2:1). Farhod Abdumavlonov, 20 (3:1). Dilshod Rahmatov, 27 (4:1). Konstantin Sviridov, 34 (5:1).O‘zbekiston: Rustam Umarov — Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.
Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Feruz Fahriddinov, Timur Sadirov, Ilhom Hamroyev, Davron Abdurahmonov, Davron Choriyev, Akmal Xazratqulov, Xusniddin Nishonov.
Izoh (0)