Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limi tomonidan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan “Qurbonov Qosim” fermer xo‘jaligining elektr energiyadan foydalanish ahvoli o‘rganilganda, fermer xo‘jaligi elektr energiyadan noqonuniy foydalanib, davlatga 58 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlanib hujjatlashtirilgan, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Yillar davomida o‘ziga tegishli tovuqchilik fermasini ishlatish uchun elektr energiyadan o‘g‘rincha foydalangan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Aziz Qurbonov siri ochilgach, yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortib, “yopiqlik qozonni ochmaslik” uchun MIB xodimiga pora taklif qilgan.
U joriy yilning 13-sentabr kuni 1200 AQSh dollari miqdorida pora berayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Izoh (0)