Shotlandiyalik vizajist Ember Skott 1957-yili ishlab chiqarilgan Air Atlantique Convair vintajli samolyotida Runway Studios go‘zallik salonini ochdi. Transport vositasi uyining orqa hovlisida joylashgan bo‘lib, muassasada to‘rt vizajist, ikki sartarosh va bir manikyur mutaxassisi ishlaydi.
Nyu-York va Los-Anjelesda tahsil olgan Emberning so‘zlariga qaraganda, kichik yo‘lovchi samolyotining go‘zallik saloniga aylantirilishiga 75 ming funt sterling sarflandi.
O‘n yil muqaddam uning ota-onasi havo kemasini 25 ming funtga xarid qilgan edi. Ular samolyotni mini mehmonxonaga aylantirish niyatida edi. Ammo keyin ular samolyotni Shotlandiyaga yetkazishga yana 20 ming funt sarfladi. Shundan so‘ng ularning orzusi ushalmay qoldi.
Mart oyida ular samolyotni qiziga berdi. Ember yana 30 ming funt sarflab, samolyotni qayta jihozladi. Bu pul asosan salonni jihozlashga ishlatildi.
TJournal ushbu g‘aroyib muassasadan fotosuratlar keltirdi.
Izoh (0)