Rossiyalik diplomatlar Vladimir Putinni it deb atagan Germaniyaning Focus jurnali materialini “didsizlik va ahmoqlik” deb atadi va GFR hukumati rasmiy vakili Shteffan Zaybertga murojaat qildi, deb yozadi “RBK”.
Dipmissiya xodimlari o‘z noroziligini Twitter’da bildirdi. “Focus jurnali, bu fitnaga o‘xshaydi. Bu aslida ham shunaqami? Yo‘q. Didsizlik va befahmlikmi? Albatta. Zaybert, bu nimani anglatadi?” — deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi xabarda.
Xabarga nashr materialining bir qismi surati joylangan. “U (Germaniya kansleri Angela Merkel) Putinning itidan qo‘rqadi, biroq it Putindan qo‘rqmaydi”, — deyiladi maqolada.
2007-yilda Merkel va Putin Sochida uchrashdi, protokol syomkasi chog‘ida xonaga Koni laqabli labrador yugurib kirgan edi, Germaniya kansleri esa itlardan qo‘rqadi. Vladimir Putin 2016-yilning yanvarida bu haqda bilmaganligi va kanslerni qo‘rqitish istagi bo‘lmaganligini ma’lum qilgan edi. U yuz bergan hodisa uchun Merkeldan uzr so‘raganligini qo‘shimcha qilgan.
Izoh (0)