KXDR yetakchisi Kim Chen Inning stoli ustida Google Earth servisidagi olti yil oldingi vaqtga oid xaritalar turgani aniqlandi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Suratda Kim Chen In bu xaritalarda go‘yoki yadroviy zarbalar nuqtalarini belgilab berishi tasvirlangan.
Nashrda ta’kidlanishicha, Kimning vodorod bombasi ishlanmalarini ishtirok etgan olimlarning tantanali qabul qilish marosimida qilgan chiqishi suratlarida Andersen aviabazasi (Guam oroli, AQSH) xaritasini ko‘rish mumkin. Bu fotosuratlar olti yil muqaddam va hatto undan oldinroq olingan.
Stenford universiteti xalqaro xavfsizlik va hamkorlik markazi xodimi Nik Xenson Shimoliy Koreya o‘z sun’iy yo‘ldoshlariga ega bo‘lmagani bois asosan ochiq manbalarda turgan xaritalardan foydalanishini bildirib o‘tdi.
Izoh (0)