Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jizzax viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida sayyor sudlar o‘tkazilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Sharof Rashidov tumanidagi “Toqchilik” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sayyor sudda ushbu mahallada yashovchi fuqaro Ixtiyor Qurbonovning jinoiy ishi ko‘rib chiqildi. Besh farzandning otasi, yoshi ellikni qoralab qolgan bu fuqaro bundan besh yil avval ham sudlanib, uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Ammo unga nisbatan amnistiya akti qo‘llanib, jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan.

Joriy yilning iyun oyida tuman ichki ishlar va terrorizmga qarshi kurash bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori — 2017” tadbiri davomida Ixtiyor Qurbonovning hovlisida kannabis giyohvandlik o‘simligi o‘stirilayotgani hamda iste’mol uchun quritib, tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Surishtiruv va tergov davomida u barcha ayblarini bo‘yniga oldi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tumani sudining sayyor sud majlisida Ixtiyor Qurbonovning aybiga to‘liq iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, oilasida yagona boquvchi ekani inobatga olinib, unga nisbatan bir yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi