AdMe Buyuk Britaniya qirollik oilasining eng sirli odatlari haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi.
Qirollik oilasi a’zolariga “Monopoliya” o‘yinini o‘ynash taqiqlanadi
2008-yilda shahzoda Endryu qirollik oilasi a’zolariga “Monopoliya” o‘ynash taqiqlanganini ma’lum qilgan.Yelizaveta II yorqin rangli kiyimlarni kiyishni ma’qul ko‘radi
“Men yorqin rangli kiyimlarni kiymasam odamlar mening kimligimni bilmay qoladi”, — degan edi qirolicha o‘z shtatidagi xodimlardan biriga.Qirolicha o‘zining tug‘ilgan kunini yilda ikki marta nishonlaydi
Birinchisi — rasmiy bo‘lib, hamdo‘stlik mamlakatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Ikkinchisi — 21-aprel, 1926-yilda tug‘ilgan kuni. Bunga sabab azart o‘yinning ichiga kirib ketilganidan so‘ng, uning talablari juda ham qattiqlashib ketishida.Qirollik oilasi a’zolariga qo‘l bilan teginish mumkin emas
Bu hammaga ma’lum bo‘lsa-da, doim ham bunga amal qilinavermaydi. Odatda bu kabi holatlar yulduzlar yoki boshqa mashhur shaxslar bilan uchrashganda sodir bo‘ladi.Qirollik oilasi a’zolari har qanday sovg‘ani qabul qilib olishga majbur
Qirollik oilasi a’zolari kim tomonidan va qanday narsa sovg‘a qilinishidan qat’iy nazar samimiyat bilan qabul qilib olishlari darkor. Sovg‘larning kelgusi taqdirini qirolicha hal qiladi.Qirolicha pasportsiz sayohat qilishi mumkin
Britaniya pasporti Hazrati Oliyalarining nomidan taqdim qilingani uchun, Yelizaveta II sayohat qilmoqchi bo‘lsa, unga pasportning keragi yo‘q. U o‘zining rasmi tushurilgan banknota yoki tangani taqdim etsa kifoya.Yelizaveta II haydovchilik guvohnomasi hamda avtomobil raqamisiz mashina boshqara oladi
Qirolicha — butun Buyuk Britaniya bo‘ylab bu kabi huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxs.Qirollik oila a’zolari nikohdan o‘tish uchun qirolichadan ruxsat olishi kerak
Meros haqidagi so‘nggi qarorga ko‘ra, taxtga da’vogar birinchi olti kishi 25 yoshiga qadar nikohdan o‘tishi uchun qirolichadan ruxsat olishi kerak. Agarda u rozilik bermasa — to‘y bo‘lmaydi.Qirollik oilasi vakillaridan biri bilan oila qursangiz hech qachon taxtga chiqmaysiz
Bu hatto qirolichaning o‘ziga ham tegishli. Uning turmush o‘rtog‘i Filipp qirol-konsort unvoniga ega, biroq u qirol bo‘lish huquqiga ega emas. Bunga uning grek ekanligi sabab, shuning uchun u hech qachon taxtga da’vogarlik qila olmaydi. Bu kabi vaziyat shahzoda Uilyamga ham tegishli: agarda u qirol bo‘lgudek bo‘lsa, gersoginya Ketrin qirolicha-konsortga aylanadi.
Izoh (0)