15 nafar amerikalik dengiz piyodasi zirhli amfibiyada kuyib ketdi

AQSh dengiz piyodalarining Pendlton bazasida (San-Diyego, Kaliforniya shtati) zirhli transportyor-amfibiyaga o‘t ketd. 15 nafar harbiy xizmatchi turli darajadagi kuyish jarohatlarini oldi, deb xabar beradi NBC News.

Foto: Reuters

Jarohatlanganlarning barcha shifoxnaga yotqizildi. Ulardan uch nafari og‘ir ahvolda.

Baza qo‘mondonligi vakilining so‘zlariga qaraganda, voqea rejali mashg‘ulot chog‘ida ro‘y berdi.

Assault Amphibious Vehicle (AAV) suzuvchi desant mashinasi AQSh dengiz piyodalari korpusi qurollanishiga 1972-yili qabul qilingan.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing