Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 30 ming gektar yong‘oqzor barpo etish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Lalmi yerlardan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yanada oshirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo‘lgan yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishda Prezidentning 1-iyundagi “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asos bo‘lmoqda.

Mamlakatning tog‘li hududlari iqlim sharoiti yong‘oq, bodom, pista kabi daraxt ko‘chatlarining o‘sishi va yuqori hosil berishi uchun nisbatan qulay joylar hisoblanadi. Jumladan, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent kabi viloyatlar va Farg‘ona vodiysida bu kabi daraxtlardan mo‘l hosil olish mumkin.

Bo‘stonliq tog‘ ilmiy-tajriba stansiyasida yong‘oqning tanlab ajratilgan 15 navi, payvand yo‘li bilan yetishtirilgan 100 xildagi istiqbolli formalari parvarishlanmoqda. Joriy yilning bahorida besh ming tup “O‘zbekiston tezpishari”, “Ideal” kabi yong‘oq ko‘chatlari joylarga yetkazib berildi. Kuzda ekish uchun mahalliy navlardan yana 4 ming tup ko‘chat tayyorlab qo‘yildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Qirg‘iziston hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aytdi
Sport
Vinisius Junior irqchilik bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganiga qaramasdan “Real”da qolmoqchi 
Dunyo
Fransiya Ukrainaga qanday shart bilan qiruvchilar yetkazib berishi mumkinligini ma’lum qildi