AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyasi harbiy-havo kuchlari tomonidan Suriyaning Rakka va Dayr az-Zavrda amalga oshirilgan zarba oqibatida 22 nafar tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ikkinchi zarba Dayr az-Zavr viloyati shimolidagi aholi yashash punktlaridan biriga berildi. Bu ikki zarba qurbonlari soni 20 nafardan ortib ketdi.
Jumladan, huquq himoyachilarining ma’lumotiga qaraganda, Rakkada 11, Dayr az-Zavrning ash-Shahabat shahrida 11 kishi halok bo‘ldi. Ash-Shahabatda halok bo‘lganlarning bari bir oila vakillari edi.
Izoh (0)